Biz haqimizda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-4433-son qaroriga ko'ra Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti huzurida iqtidorli va tashabbuskor talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida Talabalar akademiyasi tashkil etildi. Talabalar akademiyasi 4 ta platforma bo'yicha jamoalarni a'zolikka qabul qiladi va a'zolarini yangi istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha yetuk mutaxassislar bo'lishlarida amaliy yordam ko'rsatadi.