“President Tech Award” startap loyihalar tanloviga marhamat

Umumiy sovrin jamgʻarmasi $1 000 000 bo`lgan  “President Tech Award” startap loyihalar tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil oʻyinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-oʻrin — $100,000
2-oʻrin — $50,000
3-oʻrin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida (https://awards.gov.uz/president-tech-award/#terms-of-participation) roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.